BMT urush tufayli oziq-ovqat inqirozi haqida ogohlantirmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush Yaqin Sharq va Afrikada “oziq-ovqat inqirozi”ni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi.

1800949

Bosh kotib Antoniu Guterrish BMT Xavfsizlik Kengashida o'tkazgan brifingda Ukraina va Rossiyadan bug'doy importiga tayangan davlatlar muammolarga duch kelishi mumkinligiga e'tibor qaratdi.

“Misr, Livan, Liviya, Somali, Sudan va Yaman kabi koʻplab davlatlar bugʻdoyning kamida yarmini Ukraina yoki Rossiyadan import qiladi”, degan Guterrish

"Oziq-ovqat, yoqilg'i va o'g'itlar narxi osmonga ko'tarildi, yetkazib berish zanjirlari buzildi". Deya qayd etdi.

Antonio Guterrishning aytishicha, bu vaziyat eng ko’p  kambag'allarga ta'sir qiladi va butun dunyo bo'ylab "siyosiy beqarorlik va notinchlik urug'ini sepadi".

Muhim bug'doy ishlab chiqaruvchisi bo'lgan Ukraina dunyodagi eng yirik bug'doy eksportchilar qatorida  5-o'rinda turadi.

Rossiya va Ukraina esa global bug'doy ishlab chiqarishning 14 foizini va global bug'doy eksportining 29 foizini ta'minlaydi.

Ikki davlat oʻrtasida 24-fevraldan beri urush davom etmoqda.

Aloqador xabarlar