Suriya Konstitutsiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

Suriya Konstitutsiya qo‘mitasining navbatdagi yettinchi yig‘ilishi Jenevada o‘z ishini boshladi.

1799222
Suriya Konstitutsiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

Suriya Konstitutsiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geir O. Pedersen boshchiligida Shveytsariyaning Jeneva shahrida o‘z ishini boshladi.

Bashar Asad rejimi, nodavlat notijorat tashkilotlar va Suriya muxolifati vakillarining har biridan 15 kishi ishtirokida konstitutsiyani qalamga olishdan mas’ul a’zolar, Jenevada takror uchrashdi.

Pedersen kecha uyushtirgan matbuot anjumanida, Suriya Konstitutsiya qo‘mitasi uchrashuvlarining 7-bosqichida har kuni 4 modda ustidan muzokara o‘tkazilishini bildirgandi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya Konstitutsiyaviy qo‘mitasi muzokaralarining ushbu yettinchi bosqichi 25-mart kuni yakunlanadi. Muzokaralardan so‘ng tomonlar matbuot anjumani uyushtiradi.

BMTning Jeneva ofisida 2021-yilning 18-22-oktabri kunlari qoʻmitaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tar ekan unda rejim hay’ati, oldingi yig‘ilishlardagi murosasiz munosabatini davom ettirgandi.

Pedersen muvaffaqiyatsiz o‘tgan oxirgi yig‘ilish ortidan, xafsalasi pir bo‘lganini belgilab o‘tgan holda birinchi marotaba, hatto ismini ham tilga olib, Asad rejimini ayblagandi.



Aloqador xabarlar