Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatining havo hududini parvozlar uchun yopish talabini yana bir bor ta’k

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatining havo hududini parvozlar uchun yopish talabini yana bir bor ta’kidladi.

1796334
Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatining havo hududini parvozlar uchun yopish talabini yana bir bor ta’k

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatining havo hududini parvozlar uchun yopish talabini yana bir bor ta’kidladi.

Vladimir Zelenskiy Kanada Federal Parlamenti Bosh Assambleyasida onlayn tarzda bog'langan sessiyada nutq so'zladi.

Zelenskiy Ukraina havo kengliklarini parvozlar uchun yopish talabini yana bir bor takrorladi.

"Iltimos, osmonni yoping. Havo sohasini yoping. Iltimos, bombardimonni to'xtating. Buni amalga oshirishimizdan oldin shaharlarimizga yana qancha raketa tushishi kerak?" dedi.

Zelenskiy parlamentda emotsional nutq so‘zladi

"Shaharlaringiz bombardimon qilinishi, uylaringiz yondirilishi qanday ekanligini tasavvur qilishingizni istaymiz. Rossiya Ukrainani vayron qilmoqchi." Deya qayd etdi.

Ukraina rahbarining aytishicha, Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar hozircha yetarli bo‘lmagan va Rossiyaning urush harakatlari yo‘qolishi uchun bir dollari ham qolmasligi uchun ko‘proq iqtisodiy sanksiyalar joriy etilish kerak dedi.

Vladimir Zelenskiy o'zining Telegram akkauntida tarqatgan videomurojaatida Rossiya tomonidan Ukrainada boshlagan urushning 20-kuniga  muhokama qildi.

"Biz raketalar, havo hujumlari, tanklar va snaryadlarni qaytarayapamiz. Rossiya bizni yo'q qilish uchun hamma narsadan foydalanmoqda".  Dedi.

Rossiya armiyasining poytaxt Kiyevga bostirib kirishni rejalashtirayotganiga e’tibor qaratgan Zelenskiy havo hujumlarining oldini olish uchun o’z mamlakatining havo hududini NATO tomonidan yopish kerakligini yana bir bor ta’kidladi.

Ayni paytda Kanada Rossiyaning yana 15 nafar yuqori lavozimli rahbarlariga, jumladan, Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Grigorenkoga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Kanada hukumati Rossiya Qrimni 2014-yilda anneksiya qilganidan beri 900 dan ortiq shaxs va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan.

Rossiya qo‘shinlari 24 fevral kuni Ukrainaga hujum  uyushtirdi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kanada , #Yopish , #Parvoz , #hudud , #Havo , #Vladimir Zelenskiy

Aloqador xabarlar