Pentagon Xitoyni Rossiyaga harbiy yordam bo'yicha ogohlantirdi

AQSh Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi Xitoyning Rossiyaga harbiy moddiy yordam ko'rsatishi Pekin ma'muriyati uchun oqibatlarga olib kelishini aytdi.

1795576
Pentagon Xitoyni Rossiyaga harbiy yordam bo'yicha ogohlantirdi

 

AQSh Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi Xitoyning Rossiyaga harbiy moddiy yordam ko'rsatishi Pekin ma'muriyati uchun oqibatlarga olib kelishini aytdi.

24-fevral kuni boshlangan Ukraina-Rossiya urushi haqida bir guruh jurnalistlarga baho bergan Pentagonning yuqori martabali rasmiysi, Rossiya operatsiyalari sezilarli darajada sekinlashganini aytdi.

Rossiyaning Xitoydan harbiy material  talab qilgani haqidagi iddaolarni eslatgan rasmiy

“Biz bu haqdagi yangiliklarni ko'rdik va faqat shuni aytishim mumkinki, biz buni juda yaqindan kuzatib bormoqdamiz. Ma'muriyatning boshqa rasmiylari ta'kidlaganidek, agar Xitoy ushbu urushda Rossiyani material  jihatdan qo'llab-quvvatlasa, bu Xitoy uchun oqibatlarga olib keladi. dedi.

Xitoyning ilgari G'arbni ayblab Rossiyaning harakatlarini bilvosita ma'qullaganini ifoda etgan rasmiy, harbiy moddiy ta'minot bo'yicha razvedka bahosiga kirmasligini, balki Xitoyning urush haqidagi pozitsiyasini, shu jumladan, bu vaziyatni yaqindan kuzatganliklarini bildirdi.

Rossiya Ukraina urushi uchun Xitoydan harbiy texnika olishni xohlayotgani haqidagi da'volarni rad etdi.

(Rossiya Prezidentlik saroyi) Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Xitoydan hech qanday bir  yordam so'ramasdan Ukraina shaharlarini to'liq nazorat qilishlari mumkinligini aytdi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar