Konashenkov: “Baʼzi Gʻarb davlatlari Ukrainaga chet ellik yollanma jangchi yubormoqda”.

Igor Konashenkov poytaxt Moskvada Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi urush haqida bayonot berdi.

1795498
Konashenkov: “Baʼzi Gʻarb davlatlari Ukrainaga chet ellik yollanma jangchi yubormoqda”.

Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati kotibi Igor Konashenkovning qayd etishicha, baʼzi Gʻarb davlatlari Ukrainaga chet ellik yollanma jangchi yuborgan.

Konashenkov nomi tilga olingan jangchilarni nazarda tutgan holda:

“Qayerda ekanliklarini bilamiz, ana shu yerlarga qarshi hujum uyushtiramiz”.-dedi.

Konashenkov poytaxt Moskvada Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi urush haqida bayonot berdi.

Rossiya armiyasi bilan iddio etilgan Donbas yetakchiligining, Ukrainada oldinga siljishni davom etayotganini bildirgan Konashenkov:

“Ukrainaga oid 145 ta insonsiz havo transporti, 1 ming 298 ta tank va turli zirhli vositalar, 124 ta koʻp stvolli raketa otuvchi moslama, 469 ta gaubitsa va minomyotlar, 1 ming 47 ta maxsus harbiy transport yoʻq qilindi”. –deya gapirdi.

Ukrainaning Donetsk shahriga qarshi kassetali bombalar orqali hujum uyushtirganliklarini ifoda etgan Konashenkov, Ukrainaning mudofaa sanoati zavodlarini yo‘q qilajaklarini ham o‘z so‘ziga ilova etgan holda:

“Bunday korxonalarda ishlayotganlar va korxonalar atrofidagi uylarda yashovchilarni xavfli hududlarni tark etishga chaqiramiz”.-dedi.

Ukrainada chet ellik yollanma jangchilar borligiga e’tibor qaratgan Matbuot kotibi Konashenkov so‘zlari yakunida:

“Ba’zi G‘arb davlatlari o‘z fuqarolarini yollanma jangchi sifatida Ukrainaga davlat yordamida borishga undamoqda. Keyingi davrlarda bu chet ellik jangchilar o‘limidan o‘z vatanlari mas’ul. Ularning qayerda ekanliklarini bilamiz, ana shu yerlarga qarshi hujum uyushtiramiz”-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ayni vaqtda Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Yaqin Sharqdan borib, Rossiya tomonida jang qiluvchi ixtiyoriy jangchilarning, Ukrainadagi urush maydoniga yetkazilishi borasida buyruq bergandi.

Boshqa tomondan Rossiya Federatsiyasi Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari Mixail Mizintsev, Ukrainaning Mariupol shahri atrofidagi aholi punktlaridagi Ukraina kuchlarining yo‘q qilingani va evakuatsiya uchun shaharga avtobus yuborilganini ma’lum qildi.

Mizintsev shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining mamlakat bo‘ylab dunyoning 22 davlatidan kelgan 6 ming 972 nafar chet el fuqarosini garovda ushlab turganini iddio etdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.

 



Aloqador xabarlar