Rossiyada urushga qarshi namoyishlarda 850 dan ortiq kishi hibsga olindi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi hujumlari davom etar ekan, dunyoning koʻp joylarida urushga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

1795110
Rossiyada urushga qarshi namoyishlarda 850 dan ortiq kishi hibsga olindi

Rossiyada urushga qarshi namoyishlarda 850 dan ortiq kishi hibsga olindi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi hujumlari davom etar ekan, dunyoning koʻp joylarida urushga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Kecha Rossiyaning 37 turli shahrida urushga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi.

Namoyishlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga qarshi shiorlar aytgan namoyishchilarga Rossiya politsiyasi qattiq aralashdi.

Poytaxt Moskvadagi Qizil maydonda boshlangan norozilik namoyishlarida 500 ga yaqin, mamlakat bo'ylab esa 850 dan ortiq kishi qo'lga olindi.

Rossiyada inson huquqlari va so'z erkinligi bilan shug'ullanuvchi OVD-Info nodavlat tashkiloti Rossiya Ukrainaga hujum qilgan 24 fevraldan beri qo'lga olingan namoyishchilarning umumiy soni 14 850 nafarga yetganini bildirdi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumiga Polshaning Krakov shahrida ham norozilik bildirildi.

Ukraina bayroqlari va bannerlar bilan bir joyga kelgan namoyishchilar, NATOdan Ukraina ustidagi Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopishini talab qildi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi Italiyaning Milan va Ispaniyaning poytaxti Madridda ham namoyish etildi.

Rossiya qo‘shinlari 24 fevral kuni Ukrainaga hujum  uyushtirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Namoyish , #Hujum , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar