Boris Jonson:"Ukrainadagi urushning qachon tugashi Putinga bog'liq"

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Sky News telekanaliga Rossiya-Ukraina urushidagi so'nggi o'zgarishlar haqida bayonot berdi.

1793769
Boris Jonson:"Ukrainadagi urushning qachon tugashi Putinga bog'liq"

 

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukrainadagi urush qancha davom etishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bog‘liqligini aytdi.

Jonson bu haqda Sky News telekanaliga Rossiya-Ukraina urushidagi so'nggi o'zgarishlar haqida bergan bayonotida ma'lum qildi.

Ukrainaning Mariupol shahridagi tug'ruqxonaning Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan portlatilganini eslatgan Jonson, tinch aholining o'limini oldini olish uchun G'arb qachon aralashadi degan savolga:

"Mariupolda sodir boʻlgan voqea Putin fuqarolik xulq-atvorining barcha meʼyorlarini rad etishga tayyorligini va ruslarning qanchalik vahshiy ekanligini koʻrsatadi”, - deb javob berdi.

Boris Jonsonning aytishicha, Putin zo‘ravonlikni to‘xtatib, tinch muzokaralar boshlanishiga imkon berishi kerak.

Buyuk Britaniya hozirda Putin rejimi va uning atrofidagilarga iqtisodiy sanktsiyalar bilan bosimni yanada oshirishga harakat qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Boris Jonson

Aloqador xabarlar