Rus tomoni Ukrainaning otashkesimga amal qilmaganini ilgari surdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Milliy nazorat markazi rahbari Mixail Mizintsev poytaxt Moskvada, Ukrainadagi tinch aholini evakuatsiya qilish jarayoni ustidan matbuot anjumani uyushtirdi.

1792910
Rus tomoni Ukrainaning otashkesimga amal qilmaganini ilgari surdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasining Ukraina shaharlarida tinch aholini evakuatsiya qilish uchun tashkil etilgan gumanitar yordam yo‘laklari ochilgan hududlarda otashkesimga amal qilganini ilgari surdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Milliy nazorat markazi rahbari Mixail Mizintsev poytaxt Moskvada, Ukrainadagi tinch aholini evakuatsiya qilish jarayoni ustidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Ukrainada, “gumanitar yordam bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini” ifoda etgan Mizintsev, ayrim shaharlarda tinch aholining evakuatsiya qilinishi uchun otashkesim boshqacha qilib aytkanda oʻq uzishni toʻxtatish e’lon qilinganiga e’tibor qaratdi.

Mizintsev, u hududlarda 13 ta gumanitar yordam yo‘lagi yaratilganini va Ukraina tomonining otashkesimga amal qilmaganini ilgari surgan holda:

“Bu yerda e’lon qilingan otashkesimga Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan shu paytgacha amal qilindi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Ukraina tomonining evakuatsiya masalasida o‘rinsiz shart qo‘yganini ilgari surgan Mixail Mizintsev, evakuatsiya ustidan maqsadga erishilmaganini o‘z so‘ziga ilova etdi.  

Mizintsev shuningdek, 24-fevraldan beri Ukrainadan 45 ming nafari yosh bolalardan iborat jami 179 mingdan ortiq tinch aholining Rossiyaga evakuatsiya qilinganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar