Rossiya-Ukraina hay’ati tinch aholini xavfsiz ravishda evakuatsiya qilish masalasida kelishib oldi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlarining 8-kunida mamlakatlar oʻrtasidagi muzokaralarning ikkinchisi Belarusning Brest shahrida boʻlib oʻtdi.

1789430
Rossiya-Ukraina hay’ati tinch aholini xavfsiz ravishda evakuatsiya qilish masalasida kelishib oldi

Rossiya-Ukraina hay’ati, tinch aholini evakuatsiya qilish uchun maxsus umumiy yo‘lak tashkil etish boʻyicha kelishib oldi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlarining 8-kunida mamlakatlar oʻrtasidagi muzokaralarning ikkinchisi kecha Belarusning Brest shahrida boʻlib oʻtdi.

Rossiya hay’atiga Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning maslahatchisi Vladimir Medinskiy, Ukraina hay’atiga esa Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak boshchilik qildi.

Ukrainalik vakil, muzokaralarning uchinchi bosqichini yaqinda o‘tkazish ustidan kelishib olinganini bildirdi.

Shuningdek vakilning qayd etishicha, ikkala tomon ham tinch aholini evakuatsiya qilish uchun maxsus umumiy yo‘lak tashkil etish borasida hamfikr.

Eng muhimi bu kelishuv, tinch aholini evakuatsiya qilish jarayonida o‘q uzishning vaqtinchlik to‘xtashi mumkunligini ham o‘z ichiga olmoqda.   

Rossiya-Ukraina urushi ustidan Ukraina va Rossiya hay’ati o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi bosqichi, 28-fevral kuni Belarusning Ukraina bilan chegaradosh Gomel viloyatida bo‘lib o‘tgandi.

Rus askarlari esa Ukrainaga qarshi hujumlarini 24-fevral kuni boshlatdi.



Aloqador xabarlar