AQSh Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor takrorladi

Bayden bilan Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi ustidan telefon orqali muloqot qildi.

1788197
AQSh Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor takrorladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden Rossiya-Ukraina urushida Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor takrorladi.

Oq uydan yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Bayden bilan Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi ustidan telefon orqali muloqot qilgan.

AQShning Rossiya hujumlariga qarshi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom etishini ifoda etgan Bayden, oxirgi marotaba Kiyevga xavfsizlik bo‘yicha, iqtisodiy va gumanitar sohada berilgan yordamlarni yodga soldi.

Rossiya oʻz xatti-harakatlariga javob berishi uchun “Ittifoqdosh va hamkor” davlatlar bilan davom etgan faoliyatlarni qo‘lga olgan ikkala lider, Gʻarb tomonidan kiritilgan sanksiyalarning allaqachon Rossiya iqtisodiyotiga katta taʼsir koʻrsatganiga eʼtibor qaratdi.

 



Aloqador xabarlar