Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar hali kutilgan natijaga erishmaganini aytdi

Zelenskiy xalqqa murojaatida Rossiya kuchlari Xarkov shahrini raketalardan kuchli bombardimon qilganini aytdi.

1787730
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar hali kutilgan natijaga erishmaganini aytdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar hali kutilgan natijaga erishmaganini aytdi.

Zelenskiy xalqqa murojaatida Rossiya kuchlari Xarkov shahrini raketalardan kuchli bombardimon qilganini aytdi.

“Bu aniq urush jinoyati. Bu tinch shahar  va  aholi punktlari, birorta ham harbiy  muassasa  yo’q . O‘nlab guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bu xato bir  to‘qnashuv emas, ataylab vayron qilingan». Deya qayd etdi.

Ruslar qayerga  o'q uzayotganini bilganini  aytgan Zelenskiy:

“Bu barcha xalqaro konventsiyalarni buzishdir. Bu jinoyat uchun xalqaro sud albatta tuziladi”. dedi.

Raketalar, bombalar va to‘plar bilan qurollangan yovuzlikka zudlikka  bilan chek qo‘yish kerakligini ifoda etgan Zelenskiy, Rossiyani iqtisodiy jihatdan yo‘q qilishni va insoniyat o‘zini himoya qilishni bilishini ko‘rsatishini xohladi. “Rossiya barcha shartnomalarni buzdi, buni hech kim hech qachon kechirmaydi”, dedi Zelenskiy.

Rossiyaning 5 kun ichida Ukrainaga 56 ta raketa hujumi uyushtirganini, 113 ta qanotli raketa yuborganini, tinch aholiga hujum qilgan davlat BMTga a'zo bo'la olmasligini ta'kidlagan Zelenskiy, Rossiyaning  raketa, samolyot va vertolyotlariga  barcha portlar va  kanallarni yopishga chaqirdi.

Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari chog'ida Ukraina bir vaqtning o'zida bombardimon qilinganiga ishora qilgan Zelenskiy:

“Hozircha biz xohlagan natijaga erisha olmadik. Rossiya o'z pozitsiyasini e'lon qildi. Ular bizdan urushni tugatish uchun qarshi choralarni eshitdilar. Biz  ba'zi signallar oldik" dedi.

Zelenskiyning aytishicha, Ukraina delegatsiyasi Kiyevga qaytgach, tahlillar o‘tkazib, muzokaralarning ikkinchi bosqichi qanday o‘tishiga qaror berishlarini aytdi.

Bundan tashqari, Zelenskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi haqidagi arizaga  imzo chekkanini va u rasman ro‘yxatdan o‘tganini ma’lum qilib, 30 yildan beri shu daqiqani kutishganini qo‘shimcha qildi.

Rossiya askarlari 24 fevral kuni Ukrainaga hujum boshladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar