Somalida sodir etilgan hujumda ikkita askar halok bo'ldi

Somali milliy televideniyesi xabariga ko'ra, mamlakatning Putlend shtati prezidenti Said Deni karvonini nishonga olgan bombali hujum uyushtirilgan.

1782300
Somalida sodir etilgan hujumda ikkita askar halok bo'ldi

 

Somalidagi Putlend shtati prezidentining karvoniga uyushtirilgan bombali hujumda ikki askar halok bo'lgani ma'lum qilindi.

Somali milliy televideniyesi xabariga ko'ra, mamlakatning Putlend shtati prezidenti Said Deni karvonini nishonga olgan bombali hujum uyushtirilgan.

Hujumda konvoydagi vositalardagi 2 askar hayotdan ko'z yumdi, 4 askar tan jarohati oldi.

Shtat rahbari Deni hujumdan sog'-salomat qutulib qolgani bildirildi.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Terror tashkiloti Esh-Shabab o'lkaning oxirgi haftalarda saylovlar o'tkazilgan ko'plab shahrida bombali hujumlar uyushtirdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #ikki askar , #Hujum , #Somali

Aloqador xabarlar