Italiyaning Avstraliyadagi elchisi balkondan yiqilib vafot etdi

Kanberradagi Italiya elchixonasi “nazokatli inson, professional diplomat va inson huquqlari himoyachisi”ning bevaqt vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

1782114
Italiyaning Avstraliyadagi elchisi balkondan yiqilib vafot etdi

 

Italiyaning Avstraliyadagi favqulodda va muhtor elchisi 57 yoshli Francheska Tardioli balkondan yiqilib tushib, vafot etdi. Bu haqda Italiya matbuotida berilgan xabarlarda ma’lum qilingan.

Xabarga ko’ra, baxtsiz voqea 19-fevral kuni diplomat o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar — Folinyoda dam olayotganida sodir bo‘lgan.

Tardioli to‘rtinchi qavatning derazasidan osilib turganida muvozanatini yo‘qotgan. Shu bilan birga, mahalliy matbuotda Tardioli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.

Kanberradagi Italiya elchixonasi “nazokatli inson, professional diplomat va inson huquqlari himoyachisi”ning bevaqt vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Ma’lumotga ko’ra, 57 yoshli Francheska Tardioli Kanberrada 2019-yilning sentabridan buyon elchi sifatida ishlab kelayotgandi. U ingliz va fransuz tillarida erkin gaplasha olardi, nemis va ispan tillarini yaxshi bilgan o’tkir diplomat edi.

Italiya tashqi ishlar vazirligining Twitter’dagi sahifasida elchi Tardiolining bevaqt vafotidan chuqur qayg'urilganligi va u yetuk diplomat va davlat xodimi sifatida yodda qolishi qayd etilgan.


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #Francheska Tardioli

Aloqador xabarlar