Vladimir Zelenskiy Makron bilan Donbasdagi mojaroni muhokama qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 20-fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.

1781680
Vladimir Zelenskiy Makron bilan Donbasdagi mojaroni muhokama qildi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 20-fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mahalliy manbalardan olingan ma'lumotga ko'ra, yetakchilar Donbasdagi mojaroni muhokama qildi.

Zelenskiy o‘zining Twitter’dagi sahifasida Makronni Donbas jabhasida kuchaygan to‘qnashuvlar haqida xabardor qilganini aytdi.

Frontdagi yo‘qotishlar, ukrainalik siyosatchilar va xalqaro jurnalistlar (Rossiyaparast ayirmachilar) artilleriyadan o‘qqa tutilgani haqida Makronga ma'lumot berganligini ma’lum qilgan Zelenskiy:

“Biz (Makron bilan) keskinlikni zudlik bilan yumshatish va siyosiy-diplomatik yarashuvga erishishning zarur va mumkin bo‘lgan yo‘llarini muhokama qildik”,-dedi.

Eslatma: Ukraina qo‘shma kuchlar operatsiyasi shtabining xabar berishicha, Donbassda rossiyaparast ayirmachilar tomonidan sodir etilgan otishmalar natijasida ikki ukrainalik askar halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari yaralangan. Xorijlik jurnalistlar o‘qqa tutilgan. 

 

 



Aloqador xabarlar