Braziliyadagi og‘ir yog‘ingarchilik 111 kishining umriga zomin bo‘ldi

Rio-de-Janeyro shtatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli sel va tuproq ko‘chkisi qayd etildi.

1781013
Braziliyadagi og‘ir yog‘ingarchilik 111 kishining umriga zomin bo‘ldi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli sel va tuproq ko‘chkisi qayd etildi. Oqibati 111 kishining umriga zomin bo‘ldi.

Braziliya matbuotidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Rio-de-Janeyroning tog‘li hududi, Petropolis shahridagi suv toshqinlari va tuproq ko‘chkilari yuzasidan halok bo‘lganlar soni 111 nafarga, bedarak yo‘qolganlar soni esa 116 nafarga yetgan.

Rio-de-Janeyro Fuqarolik Mudofaa kotibiyati, qidiruv va qutqaruv faoliyatlari yordamida bugungacha 24 kishining qutqarilgani va 705 kishining boshpanalarga joylashtirilganini bildirdi.



Aloqador xabarlar