Fransiya: Rossiya Ukrainaga hujum qilishi uchun barcha elementlar yaratildi
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi uchun barcha elementlar yaratilganini aytdi.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi uchun barcha elementlar yaratilganini aytdi.
Le Drian, France 5 kanalida bergan bayonotida, Ukraina-Rossiya inqirozida keskinlik kuchayganini va bu taranglikning zudlik bilan tushirilishi kerakligini aytdi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning "Ukrainaning o'z suvereniteti va hududiy yaxlitligiga to'sqinlik qilmoqchi ekanligini" ifoda etgan Le Drian, Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi uchun barcha unsurlar tuzilganligini aytdi.
Le Drian Rossiyaning hujumi bilan Ukraina suvereniteti yoki hududiy yaxlitligi shubha ostiga olinsa, Moskvaga sanksiya qo‘llanilishini qayd etdi.
Ukrainani moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlarini, lekin qo‘shin yuborishni rejalashtirmaganliklarini ifoda etgan Fransiya vaziri, Putin o‘zi olib borayotgan “risklarni” bilishi uchun “to‘xtatuvchi choralar”ga kirishishlarini aytdi.