Somalida sodir etilgan bombali hujumda kamida bir kishi halok bo'ldi

Politsiya rasmiysi Abdifatah Hasan, poytaxt Mogadishuda Prezidentlik saroyi yaqinida xudkushlik hujumi uyushtirilganini bildirdi.

1776673
Somalida sodir etilgan bombali hujumda kamida bir kishi halok bo'ldi

 

Somalida sodir etilgan bombali hujumda kamida bir kishi halok bo'ldi.

Politsiya rasmiysi Abdifatah Hasan, poytaxt Mogadishuda Prezidentlik saroyi yaqinida xudkushlik hujumi uyushtirilganini bildirdi.

Hasan saylovchilarni olib ketayotgan konvoyni nishonga olgan hujumda kamida bir kishi halok bo'lganini va ko'p odam yaralanganini bildirdi.

Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Somalida kecha ovoz berish jarayonida saylov markaziga raketa hujumi oqibatida 4 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Bosh vazir Muhammad Husayn Roble va davlat rahbarlari o‘tgan yildan beri davom etayotgan parlament saylovlarini 25-fevralgacha yakunlash to‘g‘risida kelishib oldilar.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbon , #Xudkushlik , #Somali

Aloqador xabarlar