Jo Bayden va Makron Rossiya va Ukrainadagi muzokaralar tafsilotini muhokama qildi

“Yetakchilar Prezident Makronning Rossiya va Ukrainadagi uchrashuvlarini muhokama qildi",-deyiladi AQSH ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan bayonotda.

1776440
Jo Bayden va Makron Rossiya va Ukrainadagi muzokaralar tafsilotini muhokama qildi

 

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 9 fevral kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali uning Rossiya va Ukrainadagi muzokaralarini muhokama qildi.

Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

“Yetakchilar Prezident Makronning Rossiya va Ukrainadagi uchrashuvlarini muhokama qildi. Shuningdek, ular Ukraina bilan chegarada Rossiya kuchlarining to‘planishiga javob berish doirasida ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan yaqin hamkorlikda olib borilayotgan diplomatik va oldini olish harakatlari haqida gaplashdi”, deyiladi AQSH ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan bayonotda. 

Eslatish joizki, joriy yilning 7 fevral kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan Moskvaga bordi va u yerda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o'tkazdi.

Ularning uchrashuvi besh soatdan ortiq davom etdi. Ertasi kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Kiyevga safar qilib, u yerda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o'tkazdi.

Makron har ikki tomonni so‘zda ham, amalda ham xotirjam bo‘lishga chaqirgan. U Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvlaridan so‘ng Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar oldinga siljishi mumkinligini hamda Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi keskinlikni pasaytirish uchun aniq amaliy yechimlar mavjudligini ta'kidlagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Emmanuel Makron , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar