Rossiya va Belarus qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, mashg‘ulotlarda Belarus Qurolli kuchlarining ayrim harbiy bo‘linmalari va Rossiya Qurolli kuchlari Sharqiy harbiy okrugi harbiy bo‘linmalari ishtirok etmoqda.

1776435
Rossiya va Belarus qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

 

Belarus hududida Rossiya va Belarusning “Ittifoqchilik jasorati — 2022” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, mashg‘ulotlarda Belarus Qurolli kuchlarining ayrim harbiy bo‘linmalari va Rossiya Qurolli kuchlari Sharqiy harbiy okrugi harbiy bo‘linmalari ishtirok etmoqda.

Mashg‘ulotlar Belarusning beshta poligonida - Bresskiy, Domanovskiy, Gojskiy, Obuz-Lesnovskiy va Osipovichkiyda o‘tkazilmoqda. To‘rtda aerodrom - Baranovichi, Luninets, Lida va Machulishchidan foydalanilmoqda.

Rossiya qo‘shinlari Volgograd oblasti, Stavropol o‘lkasi, Adigey, Checheniston, Dog‘iston, Karachayevo-Cherkessiya, Shimoliy Osetiya, Ingushetiyada harakatlanmoqda. 

Mashg‘ulotlarga jo‘natilgan harbiy texnikalar orasida "Su-35" qiruvchilari, "Su-25SM" shturmoviklari, uzoq va o‘rta masofalarga mo‘ljallangan "S-400" zenit-raketa majmualari hamda yaqin radiusdagi nishonlarga qaratiladigan "Pansir" majmualarini ko'rish mumkin.

kki davlat harbiy kuchlarining jangovar tayyorgarligi nazorat qilinadigan mashg‘ulotlar “tashqi kuchlar hujumini oldini olish, terrorizmga qarshi kurashish, chegaralarni himoya qilish va ittifoq davlati manfaatlarini himoya qilish”ni maqsad qiladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning dekabr oyida erishgan kelishuvi asosida amalga oshirilgan mashg‘ulotlar 20 fevralgacha davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #Belorus , #Rossiya

Aloqador xabarlar