Iroqda DEASh a'zolariga qarshi uyushtirilgan operatsiyada 3 nafar terrorist qo'lga olindi

Iroqning Kerkuk shahrida terror tashkiloti DEASH a'zolariga qarshi uyushtirilgan operatsiyada 3 nafar terrorist qo'lga olindi.

1775427
Iroqda DEASh a'zolariga qarshi uyushtirilgan operatsiyada 3 nafar terrorist qo'lga olindi

 

Iroqning Kerkuk shahrida terror tashkiloti DEASH a'zolariga qarshi uyushtirilgan operatsiyada 3 nafar terrorist qo'lga olindi.

Kerkuk  politsiya boshqarmasi matbuot kotibi Amir Nuri, shahar markazidagi Panja  Ali tumanida terroristlarga qarshi operatsiya uyushtirilganligini bildirdi.

Xabarni baholaganliklarini ifoda etgan Nuri, bir uyga uyushtirilgan bosqinda 3 nafar terroristning qo'lga olinganini bildirdi.

Nurining aytishicha, tergovdan so'ng terroristlar sudga yuborilgan.

Terror tashkiloti DEASH 2014 yil iyun oyida Mosul, Salahaddin va Enbar bilan Diyala va Kerkukning bir qismini egallab olgan va bu hududlar yillar davomida tashkilotdan qaytarib olingan.

Iroqning sobiq bosh vaziri Haydar al-Obodiy 2017-yil 9-dekabr kuni terror tashkilotiga qarshi g‘alaba qozonganini ma’lum qildi.

Terror tashkiloti DEASHning mintaqadan siqib chiqarilib, shaharlar qayta qo'lga kiritilganiga 4 yil bo'lishiga qaramay, terror guruhining hujumlari ayniqsa Kerkuk, Diyala, Musul, Salahaddin va Enbar qishloq joylarida davom etmoqda.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qo'lga olindi , #DEASh , #Kerkuk , #Iroq

Aloqador xabarlar