Belarus Suriyaga 200 askardan iborat harbiy kontingentini joylashtirmoqchi

Belarus Rossiya hukumati bilan hamkorlikda Suriyada 200 kishigacha bo‘lgan Belarus harbiy kontingentini joylashtirish bo‘yicha muddatsiz kelishuv loyihasini ma’qulladi.

1775279
Belarus Suriyaga 200 askardan iborat harbiy kontingentini joylashtirmoqchi

 

Belarus 200 nafargacha askarini Suriyaga Rossiya kuchlari bilan birga xizmat qilish uchun yuborishni rejalashtirmoqda.

Belarus Rossiya hukumati bilan hamkorlikda Suriyada 200 kishigacha bo‘lgan Belarus harbiy kontingentini joylashtirish bo‘yicha muddatsiz kelishuv loyihasini ma’qulladi. Mazkur hujjat huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilindi.

Shartnoma loyihasida qayd etilishicha, Belarus kontingenti jangovar zonadan tashqarida gumanitar tadbirlarda ishtirok etadi, u Rossiya aviatsiya guruhi joylashgan joyda — Xmeymim aviabazasida joylashtiriladi. 

Belarus guruhining vazifalari va tarkibi Belarus hukumati tomonidan Rossiya bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Harbiylar Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Urushayotgan tomonlarni yarashtirish markaziga bo‘ysunadi, ammo Belarus Mudofaa vazirligi qo‘mondonligi ostida qoladi. 

Rossiya Belarus harbiylarini oziq-ovqat, transport, kiyim-kechak, texnik va material vositalar, qurol-yarog‘, harbiy texnika va o‘q-dorilar bilan bepul ta’minlaydi, shuningdek, ularni malakasini oshiradi va hayotiga xavf tug‘ilgan taqdirda Suriyadan evakuatsiya qilinishini tashkil qiladi. 

Eslatma: Rossiya va Belarus o‘rtasidagi kelishuv loyihasi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan ma’qullangandi. Bunga ko‘ra, Belarus qo‘shinlari urush zonalaridan tashqaridagi aholiga “gumanitar yordam” yetkazish ustida ish olib boradi.

Bundan tashqari, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 3 fevral kuni Belarus bilan bu yil 20 dan ortiq qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazishlarini aytdi.

Poytaxt Minskda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashgan Shoygu, Rossiya va Belarusning 10-20 fevral kunlari "Ittifoqchilik qat'iyati-2022" qo'shma harbiy mashg'ulotini o'tkazishini ma'lum qildi.

Lukashenko, shuningdek, ushbu mashqlar bilan Ukraina bilan chegarani mustahkamlashni maqsad qilganliklarini bildirdi.

"Vaziyat keskinlashib bormoqda. Talabga javob berishga majburmiz",-deydi u.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Rossiya , #Belorus

Aloqador xabarlar