IHT Afrika Ittifoqi sammitida Isroilning kuzatuvchi maqomini to‘xtatish qarorini olqishladi

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Afrika Ittifoqi sammitida Isroilning kuzatuvchi maqomini to‘xtatish qarorini olqishladi.

1774524
IHT Afrika Ittifoqi sammitida Isroilning kuzatuvchi maqomini to‘xtatish qarorini olqishladi

 

Islom hamkorlik tashkiloti Afrika Ittifoqi sammitida Isroilning kuzatuvchi maqomini to‘xtatish qarorini olqishladi.

IHT, Afrika Ittifoqining Isroilning kuzatuvchi maqomini muzlatish qarori haqida yozma bayonot berdi.

Ushbu qarorning Falastinning adolatli da'vosini qo'llab-quvvatlagan Afrika davlatlarining tarixiy pozitsiyasi bilan uyg'un ekanligiga e'tibor qaratilayotgan bayonotda, Afrika o'lkalarining ham Isroilning turar joy siyosati, ishg'ol, aparteid (tizimli diskriminatsiya) va Falastin xalqiga qarshi etnik tozalash amaliyotlariga qarshi ekanligi eslatildi.

Bayonotda,

Xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalarini buzayotgan bosqinchi davlat Isroil mukofotlanmasligi kerak”, - deya bayonotlar kiritildi.

Efiopiyaning poytaxti Addis-Abebada bo'lib o'tgan 35-Afrika Ittifoqi sammitida Isroilning kuzatuvchi a'zoligi to'xtatilgani va a'zolik haqidagi yakuniy qarorning kelasi yil yig'ilishda muhokama qilinishi bildirildi.

2021-yilning 22-iyul kuni Isroil Tashqi ishlar vazirligi yozma bayonotida, Isroilning 2002-yildan beri birinchi marta Afrika Ittifoqiga kuzatuvchi aʼzo sifatida qabul qilinganini eʼlon qilgan edi.

Janubiy Afrika, Namibiya, Botsvana, Misr, Jazoir, Komor orollari, Tunis, Jibuti, Mavritaniya va Liviya kabi davlatlar qarorga qarshi chiqdi.

Arab Ligasi, shuningdek, Afrika Ittifoqining Isroilni kuzatuvchi maqomi bilan ittifoqqa kiritish qarorini qoraladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar