Naftali Bennet Eronni Isroil uchun "eng katta tahdid" deb atadi

Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet Vazirlar Mahkamasida milliy xavfsizlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig’ilish chog‘ida bu haqda ma’lum qilgan.

1774529
Naftali Bennet Eronni Isroil uchun "eng katta tahdid" deb atadi

 

Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet Eronni o'z mamlakati uchun "eng katta tahdid" deb atadi.

Uning ta’kidlashicha, Eron va uning yadroviy dasturi Isroil uchun eng katta xavfni tug‘diradi.

Bu haqda Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet Vazirlar Mahkamasida milliy xavfsizlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig’ilish chog‘ida ma’lum qilgan. 

U shuningdek, Venada Eron bilan o‘tkazilgan yadro qurolini saqlash borasidagi muzokaralarga ham to‘xtalib o‘tgan. 

“Eron Isroil uchun eng katta xavfni tug‘diradi. Eron yadro dasturi muntazam ravishda Isroil hukumati nazorati ostida. Albatta, biz dastur doirasida Venada olib borilgan muzokaralar natijasini kuzatib boramiz”, -dedi Isroil Bosh vaziri.

Bennetning ta’kidlashicha, Venadagi kelishuv Eronning yadroviy quroldan foydalanish imkoniyatini keskin cheklaydi.

“Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuv barqarorlik darajasini oshiradi, deb hisoblaganlar adashadi. Bu faqat uranni boyitish jarayonini vaqtincha kechiktiradi, xolos. Ammo biz, mintaqadagi barchamiz, buning uchun katta, nomutanosib tovon to‘laymiz”, deya ta’kidlagan Isroil bosh vaziri.

Bennetning bildirishicha, Eron yadroviy dasturiga qarshi Isroil o‘z qudratini oshirmoqda va bu kerak bo‘lsa, o‘nlab yillar mobaynida davom ettiriladi. 

“Isroil har qanday holatda ham Eron yadroviy dasturiga qarshi harakatlarini saqlab qoladi”, degan Bosh vazir.

Eron Venada Fransiya, Britaniya, Germaniya, Rossiya va Xitoy bilan 2015-yilgi yadroviy kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Amerika Qo'shma Shtatlari esa muzokaralarda bilvosita ishtirok etadi.


Tanlangan kalimalar: #Naftali Bennet , #Eron , #Isroil

Aloqador xabarlar