Marokashda quvurga tiqilib qolgan 5 yashar bolakay vafot etdi

Qirol Muhammad VI quduqqa tushib ketgan marhum bola Rayyonning ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, ularga hamdardlik bildirdi.

1774061
Marokashda quvurga tiqilib qolgan 5 yashar bolakay vafot etdi

 

Shimoliy Afrika hududida joylashgan Marokashda 32 metr chuqurlikdagi quvurga tiqilib qolgan 5 yoshli Rayyon ismli bolakay vafot etdi. Bu haqda Marokash qiroli Muhammad VI idorasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, qutqaruvchilar  bolakayni 5 kun deganda quvurdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Uni darhol tez yordam mashinasi olib ketgan. Operatsiya joyida tez yordam mashinasi va tibbiy vertolyot navbatchilik qilgan.

Qutqaruvdan bir necha soat oldin quvurga kislorod niqobi, oziq-ovqat va suv tushirilgan, ammo Rayyon ulardan foydalana olgani yoki yo‘qligi aniq emas.

“Qirol Muhammad VI quduqqa tushib ketgan marhum bola Rayyonning ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, ularga hamdardlik bildirdi", deyiladi xabarda. 

Eslatma: Rayyon joriy yilning 1 fevral kuni mahallada o‘ynab yurgan payti quvurga tushib ketgandi. Ushbu hodisa haqida uning yaqinlari quvurdan bolaning yig‘i ovozi eshitila boshlagach, xabar topgan va darhol qutqaruvchilarga murojaat qilgandi.  


Tanlangan kalimalar: #Marokash

Aloqador xabarlar