Aleksandr Lukashenko:"Rossiyaga hujum qilinsa, Belorus uning yonida bo'ladi"

Lukashenko Belarus parlamentidagi nutqida mintaqada Rossiya, Amerika Qo'shma Shtatlari va NATO o'rtasida kuchaygan harbiy taranglik haqida fikr bildirdi.

1769880
Aleksandr Lukashenko:"Rossiyaga hujum qilinsa, Belorus uning yonida bo'ladi"

 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilinsa, Belorus Rossiya tomonida urushga qo‘shilishini aytdi.

Lukashenko Belarus parlamentidagi nutqida mintaqada Rossiya, Amerika Qo'shma Shtatlari va NATO o'rtasida kuchaygan harbiy taranglik haqida fikr bildirdi.

Lukashenko Belarus janubidagi Ukraina chegarasida keskinlik kuchayganini aytdi.

"Ukraina parda ortidagi savdo mavzusi, ukrainaliklar mojaro alangasiga tiqilib, ular ataylab tajovuzga tayyorlanmoqda. Ular qardosh xalqlarga, jumladan belaruslarga nisbatan dushmanona munosabatni shakllantiradilar",-deydi u.

Mintaqada harbiy to'qnashuv ehtimolining faqat ikki holatda bo'lishiga diqqat qaratgan Lukashenko, "Agar Belarusga to'g'ridan-to'g'ri hujum qilinsa, Belarusga qarshi urush boshlansa. Ikkinchi holat, agar ittifoqchimiz Rossiyaga to'g'ridan-to'g'ri hujum qilinsa. Bunda Belarus ham ishtirok etadi va bu bizning ittifoqchilik shartnomalarimiz asosida bo'ladi",-dedi.

Aleksandr Lukashenko, shuningdek o'z mamlakatiga hujum qilingan taqdirda yuz minglab rus askarlari Belarusga yetib kelishini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #Belorus

Aloqador xabarlar