Afg'onlar BAAda hamon AQSh vizalari tasdiqlanishini kutishmoqda

AQSh qo'shinlari Afg'onistondan chiqib ketayotganda ularni qo'llab-quvvatlagan Amerika Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) rahbarligidagi afg'on kuchlari hali ham Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) vizalari tasdiqlanishini kutishmoqda.

1768503
Afg'onlar BAAda hamon AQSh vizalari tasdiqlanishini kutishmoqda

 

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) qo'shinlari Afg'onistondan chiqib ketayotganda ularni qo'llab-quvvatlagan Amerika Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) rahbarligidagi afg'on kuchlari hali ham Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) vizalari tasdiqlanishini kutishmoqda.

New York Times gazetasining yozishicha, avgust oyida boshlangan evakuatsiyalar yakunlangunga qadar Afg'onistonda qolgan va oxirgi bo'lib ketgan afg'on kuchlari va ularning oilalari hali ham AQShga yetib bormagan.

Xabarda, BAAdagi qochqinlar lagerida saqlanayotgan AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan minglab afg'on askarlari va ularning oilalari AQShga borish uchun vizalarining tasdiqlanishini oylardan beri kutayotgani bildirildi.

Avgust oyida Tolibon Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgach, Qo‘shma Shtatlar 100 mingdan ortiq afg‘on fuqarolarini evakuatsiya qilgan va bu mamlakatdan chiqib ketgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Evakuatsiya , #Kuchlar , #Afg'on , #AQSh

Aloqador xabarlar