Italiyada prezident saylovining birinchi bosqichi natija bermadi

"Nomzodlardan birortasi ham umumiy ovozning uchdan birini ololmagan. Endi ovoz berishning ikkinchi turiga o‘tishga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi tur seshanba kuni soat 15:00 da boshlanadi",-dedi Italiya parlamenti deputatlar palatasi raisi Roberto Fiko.

1768602
Italiyada prezident saylovining birinchi bosqichi natija bermadi

 

Kuni kecha Italiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovining birinchi turi g‘olibni aniqlab bera olmadi. Aksariyat byulletenlar bo‘sh chiqdi.

Italiya parlamenti deputatlar palatasi raisi Roberto Fikoning  ovozlarni hisoblash jarayoni efirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilib borildi.

"Nomzodlardan birortasi ham umumiy ovozning uchdan birini ololmagan. Endi ovoz berishning ikkinchi turiga o‘tishga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi tur seshanba kuni soat 15:00 da boshlanadi", - dedi Fiko.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, birinchi turda 976 ta ovoz beruvchi ishtirok etgan. 672 ta byulleten bo‘sh chiqqan, 88 ovoz yo‘qotilgan ovozlar, ya’ni italiyalik siyosatchilarning tili bilan aytganda hazil yoki maynavozchilik maqsadida berilgan ovozlar, deb topildi. Masalan, ovoz berilgangan orasida futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Dino Dzoff, mahalliy teleboshlovchilar va allaqachon vafot etib ketgan siyosatchilar ham bor. Yana 49 ta byulleten ovoz berishning texnik qoidalariga amal qilinmagani uchun haqiqiy, deb topilmagan.

Shunga qaramay, ba’zi bir ovoz beruvchilar ma’lum bir nomzodni yoqlagani aniq bo‘ldi. Masalan,  36 ta ovoz Konstitutsiya sudining sobiq hakami Paolo Maddalenaga berilgan. Amaldagi prezident Serjo Mattarellaga 16 kishi ovoz beribdi. Aslida u avval bir necha bor vakolati tomom bo‘lgandan keyin ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymaslikka ishora qilgandi.

Italiyada davlat rahbarini saylashda 1009 nafar “sobiq ovoz beruvchilar” ishtirok etish huquqiga ega hisoblanadi. Ularning 321 nafari  senator, 630 nafari deputat va yana mamlakatning barcha viloyatidan kelgan 58 nafar delegat bor. Ovoz berish yashirin sharoitda o‘tadi va g‘oliblikka da’vogar nomzodni ovoz beruvchilarning kamida uchdan biri qo‘llab-quvvatlashi lozim. Saylov uchinchi turga qoladigan bo‘lsa, nomzod qolgan raqiblardan shunchaki ko‘p ovoz olsa bo‘ldi.

Parlamentdagilar davlatning yangi rahbari nomi payshanbagacha ma’lum bo‘lmasligini aytishmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Italiya

Aloqador xabarlar