Bayden Rossiya-Ukraina chegarasida kuchaygan keskinlik yuzasidan Yevropa rahbarlari bilan uchrashdi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden Rossiya-Ukraina chegarasida so'nggi paytlarda kuchaygan keskinlik yuzasidan Yevropa yetakchilari bilan uchrashdi.

1767874
Bayden Rossiya-Ukraina chegarasida kuchaygan keskinlik yuzasidan Yevropa rahbarlari bilan uchrashdi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden Rossiya-Ukraina chegarasida so'nggi paytlarda kuchaygan keskinlik yuzasidan Yevropa yetakchilari bilan uchrashdi.

Oq uydan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Bayden va Yevropa yetakchilari Rossiyaning Ukraina chegarasiga qo'shin to'plashidan chuqur xavotirda ekanliklarini bildirib, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo'llab-quvvatlaganliklarini bildirdilar.

Mintaqada kuchayib borayotgan taranglikka diplomatik yechim topish hammaning mushtarak istagi ekanini tilga olgan liderlar, NATOning sharqiy qanotining qo'llab-quvvatlashi va Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzini kuchaytirgan taqdirda Rossiyaga nisbatan qo'llaniladigan og'ir iqtisodiy sanksiyalarni ham baholadi.

Uchrashuvda yetakchilar Yevropa Ittifoqi (YEI), NATO va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) orqali transatlantik ittifoqchi va hamkorlar bilan yaqin aloqada boʻlish majburiyatini yana bir bor taʼkidladilar.

Baydendan tashqari YeI komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen, Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols, Italiya bosh vaziri Mario Dragi, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, Polsha prezidenti Anjey Duda va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ham ishtirok etdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Keskinlik , #Rossiya , #Ukraina , #Jo bayden , #AQSh , #Yevropa

Aloqador xabarlar