Armaniston Antaliyada boʻlib oʻtadigan Diplomatiya forumida ishtirok etishi mumkin

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan,Armanistonning Antaliyada boʻlib oʻtadigan Diplomatiya forumida ishtirok etishi ehtimoli yuqori deydi. Nikol Pashinyan Facebook’da chop etilgan matbuot anjumanida mamlakatining Turkiya va Ozarbayjon bila

1767761
Armaniston Antaliyada boʻlib oʻtadigan Diplomatiya forumida ishtirok etishi mumkin

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan

Armanistonning Antaliyada boʻlib oʻtadigan Diplomatiya forumida ishtirok etishi ehtimoli yuqori”, - deydi u. 

Nikol Pashinyan Facebook’da chop etilgan matbuot anjumanida mamlakatining Turkiya va Ozarbayjon bilan aloqalari haqida baho berdi.

Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolash masalasi kun tartibida ekanligiga ishora qilgan Pashinyan

"Bunday kelishuv imzolanishi kerak, lekin birinchi navbatda bu hujjat muzokaralar natijasida yaratilishi kerak. Armaniston bu muzokaralarga tayyor". iborasini ishlatgan.

Pashinyan Turkiya bilan ham munosabatlarni normallashtirishni xohlayotganliklarini ta'kidladi.

"Biz Turkiya bilan hech qanday shartlarsiz diplomatik aloqalar o'rnatmoqchimiz va chegaralarni ochmoqchimiz. O'tmishda muvaffaqiyatga erishmaganmiz va bu tajribadan foydalanishimiz kerak". u aytdi.

Turkiya va Armaniston o'rtasidagi muzokaralar maxsus vakillar darajasida boshlanganini eslatgan Pashinyan

"Maxsus vakillarimiz uchrashdi. Agar jarayon shu tarzda davom etsa, Armanistonning Antaliyadagi Diplomatik forumda ishtirok etishi ehtimoli yuqori. Muzokaralarni davom ettirish imkoniyatini qo'ldan boy berish aqlga sig'maydi". u aytdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li 19-yanvar kuni bergan bayonotida, 11-13-mart kunlari bo’lib o’tadigan ikkinchi Antaliya Diplomatiya Forumiga (ADF) Armanistondan ham mas’ullar taklif qilinganini bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Forum , #Antaliya , #Aloqalar , #Armaniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar