Germaniyaning Geydelberg universitetida otishma yuz berdi

Politsiyaning bildirishicha, hujum oqibatida 4 kishi boshidan og'ir yaralangan. Jinoyatni sodir etgan qurollangan shaxs voqea joyida halok bo‘lgan.

1767613
Germaniyaning Geydelberg universitetida otishma yuz berdi

 

Kecha, 24-yanvar kuni qurollangan shaxs Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Geydelberg universitetida auditoriya ichidagi odamlarni o‘qqa tutdi. 

Politsiyaning bildirishicha, hujum oqibatida 4 kishi boshidan og'ir yaralangan. Jinoyatni sodir etgan qurollangan shaxs voqea joyida halok bo‘lgan. 

Universitet hududiga qurol bilan kirishga muvaffaq bo‘lgan shaxs ma’ruza o‘tilayotgan auditoriyaga qarata o‘q uza boshlagan. Xona ichkarisida bo‘lganlar qochib chiqishga ulgurgan, ammo 4 nafar talaba jarohatlangan. Jarohatlanganlardan birining ahvoli juda og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Politsiya jinoyatchi otishma uyushtirganidan so‘ng voqea joyida o‘zini ham o‘ldirgan deya hisoblamoqda. 

Hozircha qurollangan shaxsning bunday yo‘l tutishiga nima sabab bo‘lgani aniq emas. 

Voqea yuzasidan politsiya va tergov guruhi katta surishtiruv ishlarini boshlagani aytilmoqda. 

Qayd etilishicha, Germaniyaning Noyenxaymer-Feld shahrida joylashgan Geydelberg universiteti mamlakatdagi eng tarixiy ta’lim dargohlaridan biri hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Germaniya

Aloqador xabarlar