Ispaniya va NATO Qora dengizga 2 ta harbiy kema yuboradi

Ispaniya Mudofaa vaziri Margarita Robles NATO tashkiloti bilan Qora dengizga 2 ta harbiy kema jo'natishlarini ma'lum qildi.

1766198
Ispaniya va NATO Qora dengizga 2 ta harbiy kema yuboradi

 

Ispaniya Mudofaa vaziri Margarita Robles NATO tashkiloti bilan Qora dengizga 2 ta harbiy kema jo'natishlarini ma'lum qildi.

Harbiy markazda ishtirok etgan tadbir doirasida jurnalistlarning savollariga javob bergan Robles, 3-4 kun ichida Ispaniyaning ikkita harbiy kemasi (Blas de Lezo va Meteoro) NATO missiyasi doirasida Qora dengizga borishini aytdi.

Robles, shuningdek, Ispaniya ham ishtirok etadigan Litvadagi NATO missiyasi doirasida Bolgariyadagi havo bazasini joylashtirish imkoniyatini ko'rib chiqayotganliklarini ta'kidladi.

Mudofaa vaziri Qora dengizda qatnashgan barcha missiyalari NATO tashkiloti doirasida bo'lganini ta'kidladi.

Rossiya va Ukraina o'rtasidagi taranglikni kamaytirish uchun hali ham diplomatik yechimlar mavjudligini va NATOning pozitsiyasi juda aniq ekanini ta'kidlagan Robles,

 “Rossiya hech bir davlatga nima qila olishini aytolmaydi va NATOga aʼzo boʻlishni istagan har qanday davlatni himoya qiladi”. Deb aytdi.


 


Tanlangan kalimalar: #2 Kema , #Qoradengiz , #NATO , #Ispaniya

Aloqador xabarlar