Iroqda DEASH hujumi oqibatida 11 nafar askar halok bo'ldi

Terror tashkiloti DEASHning Iroq sharqida armiyaga uyushtirgan hujumida 11 Iroq askari halok bo'ldi.

1766215
Iroqda DEASH hujumi oqibatida 11 nafar askar halok bo'ldi

 

Terror tashkiloti DEASHning Iroq sharqida armiyaga uyushtirgan hujumida 11 Iroq askari halok bo'ldi.

Diyala Operatsiya Qo'mondonligining bayonotiga ko'ra, terror tashkiloti DEASH Diyala viloyatining Uzaym  dahasiga  hujum uyushtirdi.

Hujum oqibatida 11 Iroq askari halok bo'lgani ma'lum qilindi.

Terror tashkiloti DEASH hujumidan so'ng yuqori darajali harbiy hay'atning mintaqaga borganligi va hujum yuzasidan tergov boshlanganligi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #halok , #11 askar , #Hujum , #DEASh , #Iroq

Aloqador xabarlar