Moldovada "gaz inqirozi" sababli 60 kunlik favqulodda holat joriy etildi

Ma'lumotga ko'ra, ushbu qaror hukumat taklifi bilan qabul qilindi.

1765965
Moldovada "gaz inqirozi" sababli 60 kunlik favqulodda holat joriy etildi

 

Moldova parlamenti "gaz inqirozi" sababli mamlakatda 60 kun muddatga favqulodda holat e’lon qildi.

Ma'lumotga ko'ra, ushbu qaror hukumat taklifi bilan qabul qilindi.

Avvalroq Moldova bosh vaziri Natalya Gavrilitsa ana shunday taklif bilan chiqqandi. U buni "mamlakat energetik xavfsizligi uchun jiddiy xatar mavjud"ligi bilan izohlagandi.

Bosh vazirning ma’lum qilishicha, "Moldovagaz" kompaniyasi yanvar oyi uchun avans to‘lovini kechiktirish bo‘yicha "Gazprom" bilan til topisha olmagan".

"Gazprom" "Moldovagaz"ni yanvar uchun avans to‘lanmagan taqdirda gaz berishni to‘xtatishi haqida ogohlantirgandi.

Shartnomaga ko‘ra, "Moldovagaz" 20 yanvargacha dekabrda yetkazilgan gaz uchun to‘lov qilishi kerak edi. "Moldovagaz" 14 yanvar kuni dekabr uchun to‘liq to‘lov qildi.

Bundan tashqari, yanvar oyi uchun 20 yanvargacha 63 mln dollar miqdorida 50 foizlik oldindan to‘lov amalga oshirilishi lozim edi.

"Moldovagaz" 38 mln dollar to‘lagan bo‘lib, yana 25 mln dollar to‘lashi kerak.


Tanlangan kalimalar: #Moldova

Aloqador xabarlar