AQSHda kuchli qor bo‘roni sababli 2280 ta reys bekor qilindi

AQSh Milliy metereologiya xizmati Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Jorjiya va Virjiniya shtatlarida bo'ron oldidan favqulodda holat e'lon qildi.

1763626
AQSHda kuchli qor bo‘roni sababli 2280 ta reys bekor qilindi

 

AQSHning sharqiy sohillarida yuz bergan kuchli qor bo‘roni sababli kecha, 16 yanvar kuni 2280ta reys bekor qilindi.

Ta’kidlanishicha, jabrlangan hududlarda 74 millionga yaqin odam istiqomat qiladi. 

Parvoz holatini kuzatuvchi FlightAware veb-sayti kecha Shimoliy Karolina shtatining Sharlotta shahridagi Duglas xalqaro aeroportidan parvozlarning 90 foizi bekor qilinganini e'lon qildi.

AQSh Milliy metereologiya xizmati Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Jorjiya va Virjiniya shtatlarida bo'ron oldidan favqulodda holat e'lon qildi.

Qor boʻroni kuchli boʻlgan shtatlarning togʻli hududlarida qor qalinligi 45 sm gacha yetishi kutilmoqda.

Boshqa tomondan, mamlakatda kamida 221 ming kishi noqulay ob-havo sharoiti tufayli elektr energiyasiz qoldi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh

Aloqador xabarlar