Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirdi

"YeI kengashi Rossiya iqtisodiyotining qator sohalariga qarshi qaratilgan cheklov choralari muddatini yana olti oyga 2022 yilning 31 iyuligacha uzaytirishga qaror qildi", - deyiladi kengash bayonotida.

1762621
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirdi

 

YeI kengashi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar yana yarim yilga uzaytirilganini ma'lum qildi.

"YeI kengashi Rossiya iqtisodiyotining qator sohalariga qarshi qaratilgan cheklov choralari muddatini yana olti oyga 2022 yilning 31 iyuligacha uzaytirishga qaror qildi", - deyiladi kengash bayonotida.

YeIning Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalari Ukrainadagi nizoni bartaraf etish bo‘yicha Minsk kelishuvlari bajarilishi baholanishi asosida Yevroittifoq sammitlari siyosiy qaroridan so‘ng yarim yilga uzaytiriladi. 

Iqtisodiy sanksiyalar birinchi marta "Rossiyaning Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi harakatlari"ga javoban 2014 yil 31 iyulda kiritilgandi.  

Bayonotda, 16 dekabr kuni boʻlib oʻtgan YeI yetakchilari sammitida Minsk kelishuvlarining bajarilishi yuzasidan yakuniy baholash natijasida sanksiyalarni uzaytirish qarori qabul qilingani taʼkidlangandi.

Kengaytirilgan iqtisodiy sanksiyalarga muvofiq, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar Rossiyaga qurol sotmaydi.

Sanksiyalar Rossiyaning Yevropa Ittifoqi davlatlaridan neft va gaz sanoatida qo‘llaniladigan ayrim nozik texnologiyalarni sotib olishini cheklaydi. Bundan tashqari, Rossiya davlat banklari Yevropada moliya sektoridan chetlatilgan.

Sanktsiyalar har 6 oyda uzaytiriladi. Amaldagi sanksiyalar 2022-yil 31-yanvarda tugaydi.

Kecha, 13 yanvar kuni Venada Rossiya va NATO davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda Yevropada xavfsizlikni ta’minlash va Moskvaning Ukraina chegarasida qo‘shin to‘plagani kun mavzusi sifatida muhokama qilindi. Natijada Rossiyaning AQSH va NATO bilan o‘tkazgan so‘nggi muzokaralari ham muvafaqqiyatsiz yakunlandi. 
G‘arb vakillari Moskvaning Ukraina chegarasidagi xatti-harakatlari ortidan Yevropa xavfsizligiga tahdid tug‘ilishidan xavotirda ekanini ma’lum qilgan. Rossiya Ukrainaga hujum qiladigan bo‘lsa, uni jiddiy oqibatlar kutib turgani haqida ogohlantirilgan. Moskva Ukrainaga nisbatan ehtimoliy hujumlar haqidagi fikrlarni inkor qilgan va NATOni mintaqada vaziyatni izdan chiqarganlikda ayblamoqda. 

So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida da’volar ilgari surilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Rossiya

Aloqador xabarlar