Quvaytda ogʻir yogʻingarchilik kuzatildi
Quvaytda dam olish kunlari ogʻir yogʻingarchilik kuzatildi.
Quvaytda ogʻir yogʻingarchilik tufayli hayot toʻxtab qoldi va mamlakat boʻylab taʻlim tashkilotlarining ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.
Quvaytda dam olish kunlari ogʻir yogʻingarchilik kuzatildi.
Mamlakatning ko‘plab hududlarida yo‘llarni suv bosib, transport aloqalari to‘xtadi shuningdek, bir necha transport suv ostida qoldi.
Meteorologiya boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Quvaytning ba’zi hududlarida momaqaldiroq bo‘lib, shamolning tezligi soatiga 50 kilometrga yetishi mumkinligi bildirildi.
Quvayt Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi sel falokati bilan bog‘liq bergan bayonotda, xalqni xavfsizliklari uchun zarur bo‘lmaguncha uydan chiqmaslikka chaqirdi.
Milliy ta’lim vazirligi, dam olish kunlari mamlakatda kuzatilgan og‘ir yog‘ingarchiliklar yuzasidan yurt bo‘ylab barcha ta’lim markazlarida faoliyatning vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Umumiy o‘rta ta’lim va to‘liq o‘rta ta’lim markazlarida esa bugun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan imtixonlarning keyingiga qoldirilgani va maktablarda imtixon kunlarining qachon o‘tkazilishiga aniqlik kiritilishi uchun qo‘shimcha vaqt berilishi qayd etidli.