Iroqdagi Xalqaro Bag‘dod aeroportiga jo‘natilgan portlovchi moddalar yo’q qilindi

Iroqdagi Xalqaro Bag‘dod aeroportiga jo‘natilgan portlovchi moddalar yuklangan ikkita uchuvchisiz uchish apparati zararsizlantirildi.

1756215

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Bag'dod aeroportida Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) askarlari joylashgan "Viktoriya havo bazasi" deb nomlanuvchi diplomatik hududni portlovchi moddalar o'rnatilgan İHAlar bilan nishonga olishga harakat qilingan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu uchuvchisiz uchoqlar faollashtirilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan.

Hodisa oqibatida hech qanday inson va mol-mulk yo‘qolgani haqida xabar berilmagan.

Iroq rasmiylari tomonidan hozircha rasmiy bayonot berilgani yo‘q.

Hujum Eron Inqilobiy gvardiyasi armiyasining Quds kuchlari qo'mondoni Qosim Sulaymoniyning AQSh hujumida o'ldirilganining ikkinchi yilida sodir bo'lgani diqqatga sazovor edi.

Tanlangan kalimalar: #portlash , #Aerport , #Iroq

Aloqador xabarlar