Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk iste’foga chiqdi

"Sudan xalqiga yo'l ochish uchun men omonatni topshirish orqali iste'foga chiqishga qaror qildim",-deb aytgan Sudan bosh vaziri televideniye orqali chiqishida.

1756011
Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk iste’foga chiqdi

 

Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk iste’foga chiqdi.

U bu haqda kecha, 2 yanvar kuni davlat televideniyesi orqali e’lon qildi.

"Sudan xalqiga yo'l ochish uchun men omonatni topshirish orqali iste'foga chiqishga qaror qildim",-deb aytgan Sudan bosh vaziri televideniye orqali chiqishida.

Hamduk olti hafta oldin harbiy to‘ntarish yetakchilari bilan kelishuvdan keyin o‘z vazifasiga qaytgan edi.

Mamlakatni falokat yoqasiga olib kelmaslik uchun qo'lidan kelgancha harakat qilganini ta'kidlagan Hamduk: “Sudan inqilobi oʻz maqsadlari sari intilyapti”,-dedi.

Bu lavozimda boshqalarga imkon berishga qaror qilgan Abdulla Hamduk mamlakatda vaziyat o‘nglanishi uchun muzokaralar stoliga o‘tirish lozimligini ta’kidladi.

2021 yil 25 oktyabr kuni Sudanda harbiy to‘ntarish amalga oshirilgandi. Oqibatda Abdulla Hamduk uy qamog‘iga olingandi. Shundan beri fuqarolik ma’muriyati tarafdorlari harbiylardan kazarmaga qaytishni talab qilib, namoyishlar o‘tkazgandi. Namoyishlar chog'ida sodir bo'lgan voqealarda 54 kishi hayotdan ko'z yumgandi.

To‘ntarish yetakchisi general Abdul Fattoh al Burxon bilan noyabrda o‘tgan muzokaralardan so‘ng bosh vazir o‘z lavozimiga qaytgandi.

31 dekabr kuni harbiy to‘ntarish yetakchisi general al Burxon mamlakatda haqqoniy saylovlar o‘tkazilishini aytgandi. U 2023-yil iyul oyida saylanadigan hukumat tuzilmaguncha, hokimiyatda sherik boʻlib qolishini taʼkidlamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Abdulla Hamduk , #Sudan

Aloqador xabarlar