BMT Afgʻonistondagi xodimlari xavfsizligini taʼminlash uchun Tolibonga pul va’da qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining matbuot kotiblaridan biri Farhan Haq, matbuot brifingida Anadolu agentligi muxbiri BMT xavfsizligini ta'minlash uchun Tolibonga 6 million dollar taklif qilganmi, degan savolga javob berdi.

1751368
BMT Afgʻonistondagi xodimlari xavfsizligini taʼminlash uchun Tolibonga pul va’da qildi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Afgʻonistondagi xodimlari va idoralari xavfsizligini taʼminlash uchun Tolibonga  pul berishni va’da qilganini  tasdiqladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining matbuot kotiblaridan biri Farhan Haq, matbuot brifingida Anadolu agentligi muxbiri BMT xavfsizligini ta'minlash uchun Tolibonga 6 million dollar taklif qilganmi, degan savolga javob berdi.

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg'onistondagi amaldagi rasmiylardan turli xavfsizlik kafolatlari va yordam so'radi. Tizim xodimlarimiz va kampuslarimiz xavfsizligi uchun muhim bo'lgan qo'shimcha xavfsizlik xizmatlarini ko'rsatuvchi xodimlarga subsidiyalar beradi."  Deya javob berdi.

Haq o‘zi amalda rasmiylar deb atagan Tolibonga qancha mablag’  to’langanini oshkor qilmadi.

Qabul qiluvchi davlatlar odatda xavfsizlikni ta'minlashdan mas'ul ekanini ta'kidlagan Haq, ammo so'nggi bir necha yildagi og'ir ish muhiti va afg'on davlat rasmiylarining cheklangan xavfsizlik xizmati tufayli BMT bir muddat qo'shimcha xavfsizlik xizmatlari uchun byudjet ajratganini aytdi.

 


 


Tanlangan kalimalar: #Pul , #Xavfsizlik , #Tolibon , #BMT

Aloqador xabarlar