Londonda Belarus elchixonasiga hujum sodir etildi

Hujumda diplomatlardan biri olgan tan jarohati oqibatida shifoxonaga yotqizilgan. Shifoxonada unga burun sinishi, bosh miyaning yengil chayqalishi va tishning travmatik sinishi tashxisi qo‘yilgan.

1750464
Londonda Belarus elchixonasiga hujum sodir etildi

 

Londondagi Belarus elchixonasiga bir guruh noma’lum shaxslar tomonidan hujum uyushtirildi. Bu haqda Belarus Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati xabar berdi.

19-dekabr kuni kechasi noma’lum shaxslar elchixona binosining tashqi qismiga zarar yetkaza boshlagan. Undan keyin esa ular elchixona diplomatlariga hujum qilishgan.

“Diplomatlardan biri olgan tan jarohati oqibatida shifoxonaga yotqizilgan. Shifoxonada unga burun sinishi, bosh miyaning yengil chayqalishi va tishning travmatik sinishi tashxisi qo‘yilgan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Voqeadan so'ng, huquqbuzarlar voqea joyiga yetib kelgan politsiyadan yashirinishga uringan. "Nadzeya" deb nomlangan radikal ko'chmanchi guruhga mansubligi taxmin qilingan hujumchilardan ba'zilari nazoratga olingan. 

Voqea yuzasidan Belarus tomoni Britaniyadan chuqur surishtiruv olib borishni talab qilmoqda.

“Belarus Tashqi ishlar vazirligi diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga binoan Britaniya rasmiylaridan missiya binolarini har qanday bosqin yoki shikastlanishdan himoya qilish va missiya tinchligini buzish yoki uning qadr-qimmatini haqorat qilishning oldini olish uchun barcha tegishli choralarni ko‘rishni so‘raydi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlik voqeani "o‘z burchini bajarib, Belarus fuqarolari manfaatlarini himoya qilish va davlatlararo munosabatlarni yaxshilashga harakat qilayotgan shaxslarga qarshi tahdid" deya baholagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Belorus , #London

Aloqador xabarlar