Idlibda chodirlarni suv bosib, minglab tinch aholi suv ostida qoldi
Idlibda kuchli yogʻingarchilik tufayli suv toshqini sodir boʻldi.
Suriyaning shimoli-gʻarb qismida joylashgan Idlibda minglab tinch aholi istiqomat qiluvchi chodir shaharchalarda, kuchli yogʻingarchilik tufayli suv toshqini sodir boʻldi.
Idlibdagi ushbu vaziyat ustidan tadqiqot ishlari olib borayotgan Suriya Favqulodda vaziyatlar koordinatori direktori Muhammad Hallaj, dala guruhi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 24 ta chodir shaharni suv bosgani va minglab tinch aholining suv ostida qolgani aniqlanganini ma'lum qildi.
Hallaj,
"Idlibda gumanitar yordam faoliyati olib borayotgan tashkilotlar, majburan oʻz uy-joyidan mahrum boʻlgan tinch aholiga qaratilgan faoliyatlarini orttirishi kerak”. dedi.
Kun sayin insoniy inqiroz avj olganini ifoda etgan Hallaj, zararlarni qoplash uchun tezlik bilan muammoni hal qilish yoʻllari izlab topilishi zarurligini ta'kidladi.