Zelenskiy: "YI Moskva ma’muriyatiga qarshi sanksiyalar qo‘llashi kerak"

Ukraina bosh vaziri Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi (YeI) Rossiyaning o‘z hududiga ehtimoliy hujumini kutmasdan, Moskva ma’muriyatiga qarshi sanksiyalar qo‘llashi kerakligini aytdi.

1748319
Zelenskiy: "YI Moskva ma’muriyatiga qarshi sanksiyalar qo‘llashi kerak"

 

Ukraina bosh vaziri Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi  Rossiyaning o‘z hududiga ehtimoliy hujumini kutmasdan, Moskva ma’muriyatiga qarshi sanksiyalar qo‘llashi kerakligini aytdi.

Zelenskiy Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi-Sharqiy hamkorlik sammitidan so‘ng bayonot berdi.

Ukrainaning taranglikni pasaytirish uchun Rossiya bilan muzokaraga kirishishga tayyorligini bildirgan Zelenskiy, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozircha stolga o'tirishni istamaganini aytdi.

Zelenskiy,

"Biz uchun sanksiyalar  to’qnashuvlar boshlanganidan keyin emas, avvalroq qoʻllanilishi muhim. Chunki sanksiyalar to’qnashuvdan keyin qoʻllanilsa, bu ularni asosan maʼnosiz qiladi". dedi.

Ukraina Bosh vaziri davom etdi:

"Bizda sakkiz yildan beri davom etayotgan bir  urush bor. Biz tushunamizki, sanksiyalar qurolli to'qnashuvdan oldin amalga oshirilgan taqdirdagina kuchayishni oldini olishning mumkin bo'lgan mexanizmiga aylanadi".

Yevropa Ittifoqi rasmiylari oʻtgan oydan beri Rossiyaning Ukraina chegarasi yaqinida gʻayrioddiy harbiy konsentratsiyasidan xavotirda ekanliklarini va agar Rossiya yana Ukrainaga hujum qilsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishini tez-tez taʼkidlaydi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar