AQSh Turkiya va Armaniston munosabatlarini normallashtirish sa'y-harakatini qo'llab-quvvatladi

AQSh davlat kotibi  Antoni Blinken, Turkiya va Armanistonning munosabatlarni normallashtirish uchun o'zaro maxsus vakillar tayinlashlari haqidagi bayonotlarini olqishlaganliklarini va bu sa'y-harakatlarni kuchli qo'llab-quvvatl

1748189
AQSh Turkiya va Armaniston munosabatlarini normallashtirish sa'y-harakatini qo'llab-quvvatladi

 

AQSh davlat kotibi  Antoni Blinken, Turkiya va Armanistonning munosabatlarni normallashtirish uchun o'zaro maxsus vakillar tayinlashlari haqidagi bayonotlarini olqishlaganliklarini va bu sa'y-harakatlarni kuchli qo'llab-quvvatlaganliklarini bildirdi.

Bu haqda Antoni Blinken Twitter’dagi sahifasida bayonot berdi.

“Biz Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li va Armaniston tashqi ishlar vazirining normallashtirish jarayonini muhokama qilish uchun maxsus vakillar tayinlanishi haqidagi bayonotlarini olqishlaymiz va   kuchli  qo’llab-quvvatlaymiz”, - dedi u.

Chavusho’g’li, 13 dekabr kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisida so’zlagan nutqida, Armanistonning poytaxti Yerevan bilan charter reyslarini ochishlarini ma’lum qildi.

"Tez orada Armaniston bilan normallashuv qadamlari uchun oʻzaro maxsus vakillarni tayinlaymiz. Har qadamda Ozarbayjon bilan birga harakat qilamiz”,-deydi u.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Himoya , #Munosabat , #Armaniston , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar