Moskvadagi monastirda sodir bo'lgan portlashda 1 kishi halok bo'ldi

Rossiyaning poytaxti Moskvadagi monastirda sodir bo'lgan portlashda dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 1 kishi halok bo'ldi, 12 kishi yaralandi.

1746732

Rossiya OAVlarining xabar berishicha, Serpuxov shahridagi monastirda portlash yuz bergan.

Ta’kidlanishicha, portlovchi moddani monastirga 18 yoshli o‘smir olib kelgan.

Hodisaga sababchi bo'lgan shaxsning hayotdan ko'z yumgani, 7 nafari bola bo'lgan 12 kishining jarohatlangani bildirildi.

Qayd etilishicha, Rossiya Tergov qo‘mitasi voqeani tergov qilishda “qotillikka urinish” ehtimoliga e’tibor qaratgan.

Tanlangan kalimalar: #portlash , #monastir , #Moskva , #Rossiya

Aloqador xabarlar