Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Qatarga tashrif buyurdi

Valiahd shahzoda Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Sani bilan uchrashib, xalqaro va mintaqaviy masalalar hamda ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi.

1745179
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Qatarga tashrif buyurdi

 

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Fors ko‘rfazi mintaqasiga safari doirasida Qatarga tashrif buyurdi.

Valiahd shahzoda Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Sani bilan uchrashib, xalqaro va mintaqaviy masalalar hamda ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi.

Uchrashuvda Ko'rfazdagi mushtarak sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlashning ahamiyati ta'kidlandi. Tomonlar ikki mamlakat manfaatiga mos keladigan qardoshlik munosabatlarini mustahkamlashga kelishib oldi.

Qatar Amiri mahkamasi bayonotiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi muvofiqlashtirish kengashi Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Sani va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon raisligida yig‘ildi.

Kengash yig‘ilishida ikki mamlakat xalqlari manfaatlarini ko‘p sohalarda yanada keng ufqlarga olib chiqadigan mustahkam qardoshlik munosabatlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash yo‘llari muhokama qilindi.

Qatar Amiri valiahd shahzoda tashrifining ahamiyatiga to‘xtalar ekan, bu ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy va mustahkam aloqalarni yanada chuqurlashtirishga zamin yaratishini ta’kidladi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Bin Salmon ham ikki davlat uchun ikki tomonlama imkoniyatlar imkon qadar tezroq manfaatlarga aylanishini qayd etdi.

Kengash yig'ilishidan so'ng har ikki tomon yig'ilish bayonnomasini imzoladilar.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, 14 dekabr kuni o'z mamlakatida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Ko'rfaz Hamkorlik Kengashi sammiti oldidan 6 dekabr kuni Ko'rfaz safariga chiqdi.

Ko'rfaz safarini Ummondan boshlagan Bin Salmon Qatarga tashrifini yakunlab, Bahrayn va Quvaytga tashrif buyurishi kutilmoqda.

 

 

 

Suudi Arabistan Veliaht Prensi Muhammed bin Selman, Körfez Bölgesi turu kapsamında Katar'da.

Katar Emiri Şeyh Temim bin Hamed Al Sani ile biraraya gelen Veliaht Prens, ikili ilişkilerin yanı sıra uluslararası ve bölgesel konuları görüştü. Ortak Körfez çalışmalarının desteklenmesi ve öneminin vurgulandığı ikili görüşmede, her iki tarafın çıkarına olacak kardeşlik ilişkilerinin güçlendirilmesinde mutabık kalındı.

Katar Emirlik Divanı açıklamasına göre ise, daha sonra, iki ülke arasındaki Koordinasyon Konseyi, Temim ve Bin Selman'ın başkanlıklarında toplandı.

Konsey toplantısında, güçlü kardeşlik ilişkilerinin ve iki ülke halklarının çıkarlarının birçok alanda daha geniş ufuklara taşınacak şekilde geliştirilmesi ve desteklenmesinin yolları ele alındı.

Bölgenin istikrarı ve güvenliğine ilişkin ortak öneme sahip konulara ilişkin görüş alışverişi yapılan toplantıda, Veliaht Prens'in ziyaretinin önemine işaret eden Katar Emiri, bunun iki ülke arasındaki tarihi ve güçlü bağları daha da derinleştirdiğinin altını çizdi.

Suudi Arabistan Veliaht Prensi Bin Selman da iki ülke için ikili fırsatların en yakın zamanda çıkarlara dönüşeceğini kaydetti.

Konsey toplantısının ardından her iki taraf toplantı tutanağını imzaladı.

Suudi Arabistan Veliaht Prensi Muhammed bin Selman, 14 Aralık'ta ülkesinde düzenlenmesi planlanan Körfez İşbirliği Konseyi (KİK) Zirvesi öncesinde, 6 Aralık'ta Körfez turuna çıkmıştı.

Körfez turuna Umman'dan başlayan Bin Selman'ın, Birleşik Arap Emirlikleri ve Katar temaslarının ardından Bahreyn ve Kuveyt'i de ziyaret etmesi bekleniyor.

 

TRT/AA/REMZİ


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar