Afgʻonistonda mamlakatni tark etishga uringanlar sonida ortish qayd etilgani aytilmoqda

Grandi BMT Xavfsizlik Kengashi brifingida Afgʻonistondagi vaziyatning yangi qochqinlar inqiroziga sabab boʻlishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.

1744461
Afgʻonistonda mamlakatni tark etishga uringanlar sonida ortish qayd etilgani aytilmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Qochqinlar boʻyicha Oliy komissari Filippo Grandi Afgʻonistonda oxirgi haftalarda mamlakatni tark etishga uringanlar soni ortganini bildirdi.

Grandi BMT Xavfsizlik Kengashi brifingida Afgʻonistondagi vaziyatning yangi qochqinlar inqiroziga sabab boʻlishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.

Afgʻonistonda 23 million kishining haddan tashqari och ekani, boshpana, toza ichimlik suvi va sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini qayd etgan Grandi, toʻqnashuvlar yuzasidan esa 3,5 million kishining oʻz uy-joyidan mahrum qolishi mumkinligini ifoda etdi.

Grandi, insonparvarlik yordamlari orqali iqtisodiyotni qutqarish imkonsiz ekanini ta’kidlagan holda:

“Afgʻonistonda bunday asosiy muammo oldida asta ilgarilash judayam xavfli”.-dedi.

Shuningdek Grandi, “Soʻnggi haftalarda mamlakatni tark etishga urinayotgan afgʻonistonliklar sonida ortish kuzatildi. Davlat va iqtisodiyotdagi terang va katta portlash qoʻshni davlatlarga va hatto undan ham uzoqroqqa qochishga yoʻl ochadi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar