Lavrovning qayd etishicha AQSh Rossiya bilan Hindistonning S-400 kelishuviga toʻsiqlik qilmoqda

Lavrov, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar va Hindiston Mudofaa vaziri Rajnath Singh Hindiston poytaxti Yangi Dehlida 2+2 formatida uchrashuv o‘tkazdi.

1743816
Lavrovning qayd etishicha AQSh Rossiya bilan Hindistonning S-400 kelishuviga toʻsiqlik qilmoqda

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qayd etishicha Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Rossiya bilan Hindiston oʻrtasida S-400 zenit raketa tizimlari sohasidagi hamkorlikka toʻsiqlik qilmoqda.

Lavrov, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar va Hindiston Mudofaa vaziri Rajnath Singh Hindiston poytaxti Yangi Dehlida 2+2 formatida uchrashuv o‘tkazdi.

Bundan tashqari Lavrov va uning hindistonlik hamkasbi Jayshankar alohida uchrashdi.

Ushbu uhrashuvlar ortidan matbuotga bayonotlar bergan Lavrov, muzokaralarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyat muhokama qilinganini bildirdi.

Soʻnggi yillarda bu mintaqada “beqarorlik unsurlari yigʻilganini” ifoda etgan Lavrov,

“Muzokaralar chog‘ida bu yerda goʻyo Hind-Tinch okeani strategiyalari shiori ostida yopiq blokada unsurlarini tashkil etgan Qo‘shma Shtatlari harakatlaridan xavotirda ekanimizni yetkazdik”.-dedi.

Avstraliya-Britaniya-AQSh tomonidan Hind-Tinch okeani mintaqasida tuzilgan AUKUS mudofaa ittifoqini misol keltirgan Lavrov:

“Avstraliyada yadroviy suv osti kemalari ishlab chiqarilishining tashkil etilishi yoki ularning Avstraliyaga jo‘natilishi shuningdek, Avstraliyaning Rarotonga kelishuvidagi (Janubiy Tinch-okeani yadrosiz zonalar toʻgʻrisidagi kelishuvi) talablarga qanchalik amal qilib-qilmasligi masalasida bir necha savollar mavjud”.-deya gapirdi.

Rossiya bilan Hindistonning S-400 zenit raketa tizimlari ustidan kelishib olganini yodga solgan Lavrov, bu kelishuvning Hindiston mudofaa sohasi uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Lavrov: “Hozircha hammasi reja boʻyicha ketmoqda. Kelishuvlar amalga oshirilmoqda. AQShning bu hamkorlikka putur yetkazish, oʻz qurollari va mintaqaning qanday rivojlanishi kerakligi haqidagi Amerika gʻoyasini Hindiston zimmasiga yuklash tashabbuslariga guvoh boʻlmoqdamiz”.-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Hindiston , #S-400 , #AQSh

Aloqador xabarlar