Indoneziyada Semeru vulqonining otilishi tufayli qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi (BNPB) rasmiy vakili Abdul Muxariyning so‘zlariga ko‘ra, hodisada kamida 98 kishi jarohatlangan, 35 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 902 kishi evakuatsiya qilingan.

1743502
Indoneziyada Semeru vulqonining otilishi tufayli qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

 

Indoneziyaning Yava orolida Semeru vulqonining otilishi tufayli qurbonlar soni 14 nafarga yetdi.

Ushbu hodisa 4-dekabr shanba kuni mamlakatning Lumajang okrugida joylashgan 3676 metr balandlikdagi vulqonning otilishi tufayli yuzaga kelgan.

Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi (BNPB) rasmiy vakili Abdul Muxariyning so‘zlariga ko‘ra, hozircha halok bo‘lganlardan faqat ikki nafarining shaxsi aniqlangan. Shu bilan birga, yana 98 kishi jumladan, ikki homilador ayol qaynoq lavadan kuygan yoki turli darajada jarohatlar olgan. Kamida 35 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 902 kishi evakuatsiya qilingan.

Shuningdek, vulqon Lumajang hududidagi ikki tumanni Malang shahri bilan bog‘laydigan strategik ko‘prikni buzib yuborgan. Bir qancha uylarga jiddiy zarar yetgan.

Semeru vulqon rasadxonasi tomonidan berilgan bayonotda, vulqon atrofidagi xavfning hamon davom etayotgani va mintaqadan uzoqroq turish zarurligi haqida ogohlantirilgan.


Tanlangan kalimalar: #Semeru vulqoni , #Indoneziya

Aloqador xabarlar