AQSh Af'onistonda nazorat o'rnatgan Tolibonni keng ko’lamli bir hukumat o'rnatishga chaqirdi
Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Afg'onistonda nazorat o'rnatgan Tolibonni mamlakatda keng ko’lamli hukumat o'rnatishga chaqirdi.
1741446

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Afg'onistonda nazorat o'rnatgan Tolibonni mamlakatda keng ko’lamli hukumat o'rnatishga chaqirdi.
AQSh Davlat departamenti dushanba va seshanba kunlari AQSh delegatsiyasi Qatar poytaxti Dohada Tolibon delegatsiyasi bilan uchrashuvlar o'tkazganini ma'lum qildi.
Bayonotda, uchrashuv chog'ida Afg'onistondagi inson huquqlarining buzilishi muhokama qilingani va Tolibon barcha afg'onlarning huquqlarini himoya qilishi kerakligi ta'kidlangan.
Yig‘ilishda Tolibon harakati Afg‘onistonda keng ko’lamli hukumat tuzish choralarini ko‘rishga chaqirildi.
Amerika askarlari 20 yildan so‘ng Afg‘onistonni tark etganidan keyin 15 avgust kuni Tolibon mamlakat ustidan nazoratni qo‘lga oldi.