JSST Kovid-19 variantini baholash maqsadida bugun ekspertlar yig‘ilishi o‘tkazishini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Janubiy Afrikada paydo bo‘lgan va vaksinaga chidamliligi taxmin qilingan yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) variantini baholash maqsadida bugun ekspertlar yig‘ilishi o‘tkazishini e’lon qildi.

1739240

Janubiy Afrika Respublikasi va Botsvanada Kovid-19 ko'p miqdorda mutatsiyaga uchragani e'lon qilindi va yangi variant aniqlandi.

Kovid-19 ning B.1.1.529 deb nomlangan yangi varianti 9 kishida topilgan.

Bundan tashqari, ushbu yangi variant Janubiy Afrikadan Gonkongga sayohat qilgan odamda aniqlandi.

Olimlarning ta'kidlashicha, "super variant" sifatida tavsiflangan B.1.1.529 variantida 32 ta mutatsiya mavjud.

Shveytsariyaning Jeneva shahrida ekspertlar tomonidan o'tkaziladigan yig'ilishda variantga qarshi ko'riladigan choralar muhokama qilinadi.

Tanlangan kalimalar: #Yig'îlish , #Varyant , #Koronavirus , #JSST

Aloqador xabarlar